Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Fermin Lopes: "Flik tufayli juda katta o‘sishga erishdim"

Fermin Lopes: "Flik tufayli juda katta o‘sishga erishdim"

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan o‘rtasidagi iliq munosabatlar haqida gapirdi.

"Bizda juda yaxshi munosabatlar shakllangan. U dastlabki kunlardanoq menga nafaqat futbol maydonida, balki uning tashqarisida ham yordam berdi. Shu ikki yil ichida Flik tufayli juda katta o‘sishga erishdim. Uning qo‘l ostida o‘zimni juda yaxshi ko‘rsatyapman", — deya Lopesning so‘zlarini diariARA nashri keltirdi.

Flik "Barselona"ni 2024 yilda qabul qilib olgan. U kataloniyaliklar bilan ikki marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, mamlakat Kubogi va ikki bor Superkubokni qo‘lga kiritdi.

61 yoshli germaniyalik mutaxassisning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:35, 18.08.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик