Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Boks. Shahram G‘iyosov nega Shohjahon Ergashevga javob qaytarmasligini aytdi

Boks. Shahram G‘iyosov nega Shohjahon Ergashevga javob qaytarmasligini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov jurnalist Amirxon Umarovning “Markazda gaplashamiz” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, o‘ziga muntazam ravishda jang taklif qiladigan raqibining chorlovlariga qanday munosabatda ekaniga oydinlik kiritdi.

Dastur davomida boshlovchi ism-shariflarni ochiqlamagan holda, bokschiga muntazam ravishda jangga chorlaydigan hamkasbi haqida savol berib, bu masalaga qachon nuqta qo‘yilishi bilan qiziqdi. Boks muxlislariga yaxshi ma’lumki, ushbu vaziyatda gap G‘iyosovning azaliy raqibi Shohjahon Ergashev haqida bormoqda.

“Men nuqta qo‘ymayman, barchasiga hayotning o‘zi nuqta qo‘yadi. Biz emas, bizning qilayotgan ishimiz, bosib o‘tayotgan yo‘limiz so‘zlashi kerak. Bizni kuzatayotgan insonlar gapirsin. Kim 'vizov' tashlaydi, kim yomon yoki yaxshi gapiradi — menga umuman farqi yo‘q. Ortimdan otilgan toshlarga qaramayman, mening bitta maqsadim bor va faqat oldinga boraman”.

Shuningdek, suhbat davomida boshlovchining “Sizning bu pozisiyangizni raqibingiz qachon tushunib yetadi, deb o‘ylaysiz?” degan savoliga G‘iyosov keskin tarzda javob qaytardi:

“Tushunmaydiganlar hayotda ham tushunmaydi. Tushunchasi past insonlar buni hech qachon tushunmaydi”, deya ta’kidladi charm qo‘lqop ustasi.

Ma’lumot o‘rnida, professional boksning birinchi yarim o‘rta (super yengil) vazn toifasida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik bokschilar — Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev o‘rtasidagi ziddiyat ancha yillardan buyon davom etib keladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha bor tortishuvlar kuzatilgan bo‘lsa-da, hozircha ular professional boksda to‘qnash kelmagan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:09, 18.08.2026.
O'qildi: 1296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик