Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Pitarch "Real"ning to‘laqonli asosiy jamoa a’zosiga aylandi

Pitarch "Real"ning to‘laqonli asosiy jamoa a’zosiga aylandi

Baho:
+ | -

"Real" o‘z tarbiyalanuvchisi Tyago Pitarch bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda ESPN muxbiri Rodra xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuvdan so‘ng 19 yoshli yarim himoyachi Madrid klubi asosiy jamoasining to‘laqonli a’zosiga aylangan. Shu tariqa, "Real" so‘nggi mavsumda o‘zini ko‘rsatgan yosh futbolchiga uzoq muddatli ishonch bildirmoqda.

Pitarch o‘tgan mavsumda "Real" asosiy jamoasi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 817 daqiqa harakat qildi. Uning asosiy jamoaga ko‘tarilishi klub akademiyasi — "La Fabrika"ning so‘nggi yildagi eng yorqin voqealaridan biri bo‘ldi.

Joze Mourinyo ham Pitarchni yangi mavsumda asosiy jamoada olib qolish tarafdori bo‘lgan. AS ma’lumotiga ko‘ra, yozda futbolchiga, xususan, "Fulxem"dan jiddiy qiziqish bo‘lgan, ammo Pitarchning o‘zi Madridda qolib, asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashishni afzal ko‘rgan.

"Real" 2026/27 yilgi mavsum uchun e’lon qilgan raqamlarda ham Pitarch asosiy jamoa futbolchilari qatoriga kiritilgan va unga 27-raqam berilgan.

Ayni paytda yarim himoyachi jarohatini davolamoqda. U mavsumoldi tayyorgarligida chap tizzasining ichki yon bog‘lamidan jarohat olgan va taxminan bir yarim oy maydonga tusha olmasligi aytilgan. Shunga qaramay, bu holat Mourinyoning futbolchiga bo‘lgan ishonchini o‘zgartirmagan.

Transfermarkt portali Pitarchning hozirgi bozor qiymatini 20 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:48, 18.08.2026.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик