Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Florentino Peres "Real"da taqdimotlar tartibini o‘zgartirdi

Florentino Peres "Real"da taqdimotlar tartibini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

"Real" klub an’anasini keskin o‘zgartirdi. Madridliklar Joze Mourinyoni muxlislar va jurnalistlar ishtirokisiz, yopiq marosimda jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirdi.

"Qaymoqranglilar" odatdagidek ommaviy taqdimot o‘tkazmadi. Klub faqat o‘z rasmiy resurslarida maxsus videoni e’lon qildi. Shuningdek, matbuot anjumani ham tashkil etilmadi.

Goal portali Sport nashriga tayanib xabar berishicha, bu o‘zgarish tashabbuskori "Real" prezidenti Florentino Peres bo‘lgan. Uning qaroriga ko‘ra, endilikda klubga kelgan yangi futbolchilar va mutaxassislar ommaviy emas, balki yopiq marosimlarda tanishtiriladi.

"Real" La Liganing 1-turida "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:14, 18.08.2026.
O'qildi: 1134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик