"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik uchun "Koventri Siti"dan tushgan 10 mln yevrolik taklifni rad etdi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasiga yangi chiqqan "Koventri" bosh murabbiyi Frenk Lempard sobiq shogirdi bilan yana birga ishlashni istagan. Lempard Loftus-CHikni avval "Chelsi"da boshqargan.
Biroq "Milan"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim 30 yoshli futbolchini jamoada olib qolish niyatida. Portugaliyalik mutaxassis uning mavsumoldi yig‘inlaridagi harakatlari, jismoniy imkoniyatlari va yarim himoyada bir nechta pozisiyada o‘ynay olishini yuqori baholagan.
Loftus-CHik 2023 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.













