"Barselona" "Vilyarreal" hujumchisi Ayose Peresni Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Radio Marca ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar hali ham "Atletiko" hujumchisi Alvaresni qo‘lga kiritishdan umid uzmagan. Biroq Madrid klubining argentinalik futbolchini sotmaslik borasidagi qat’iy pozisiyasi transferni qiyinlashtirmoqda.
Shu sabab "Barselona" boshqa variantlarni ham o‘rganmoqda. Ular orasida 33 yoshli Ayose Peres ham bor. Uning o‘yin uslubi bosh murabbiy Xansi Flik talablariga mos kelishi ta’kidlanmoqda.
Futbolchining tovon puli 30 mln yevroni tashkil qiladi, ammo uni arzonroq narxga xarid qilish imkoniyati ham bor. Peresning o‘zi ham "Barselona"ga o‘tishga qiziqmoqda.
Ispaniyalik hujumchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 7 ta gol urib, 5 ta golli uzatma bergan.













