Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

"Beshiktosh" Niko Gonsalesni ijaraga olmoqchi

"Beshiktosh" Niko Gonsalesni ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning argentinalik qanot hujumchisi Niko Gonsales faoliyatini Turkiyaning "Beshiktosh" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.

Gonsales "Atletiko"dagi ijaradan so‘ng Turinga qaytdi, biroq u "Yuventus"ning uzoq muddatli rejalariga kirmaydi. Futbolchining o‘zi ham klubni tark etish istagida.

"Beshiktosh" argentinalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ma’lum shartlar bajarilsa, ushbu band majburiy xaridga aylanishi mumkin.

Gonsales o‘tgan mavsumda xuddi shunday sxema asosida "Atletiko"ga ijaraga berilgandi. U Madrid klubi safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Transfermarkt portali Niko Gonsalesning bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda. Avvalroq futbolchi "Milan" va "Inter"ning ham transfer rejalaridan joy olgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 21:36, 18.08.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик