Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Fabiu Silva uchun La Liga klublari kurashmoqda

Fabiu Silva uchun La Liga klublari kurashmoqda

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Betis" klubi Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Fabiu Silvaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Goal portali Bild nashriga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, "Betis" vakillari 24 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Dortmundga yetib borgan.

Ispaniya klubi Silvani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istamoqda. Muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, bu band majburiy xaridga aylanishi mumkin.

Biroq "Borussiya" ijara variantiga qiziqmayapti. Dortmundliklar futbolchini 22,5 million yevroga sotishga tayyor. Klub o‘tgan yozda Silvani "Vulverxempton"dan xuddi shu summaga xarid qilgan edi.

Fabiu Silvaning Germaniyadagi ilk mavsumi bir tekis o‘tmadi. U jarohat sabab mavsumning bir qismini o‘tkazib yubordi, keyin esa asosiy tarkib uchun kurashda Seru Girassini siqib chiqara olmadi. Portugaliyalik hujumchi mavsumni 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan yakunladi.

"Betis"dan tashqari, Silvaga "Real Sosyedad" ham qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 21:50, 18.08.2026.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик