Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Fonseka "Fenerbaxche" bilan durangdan keyin: "Hech qanday afsus yo‘q"

Fonseka "Fenerbaxche" bilan durangdan keyin: "Hech qanday afsus yo‘q"

Baho:
+ | -

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka Chempionlar ligasi saralashining pley-off bosqichi birinchi uchrashuvida "Fenerbaxche" bilan qayd etilgan 1:1 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi.

"Atmosfera ajoyib edi, "Lion" esa juda jasur o‘yin ko‘rsatdi. Menimcha, biz juda-juda ijobiy o‘yin o‘tkazdik. Taktik jihatdan esa deyarli mukammal harakat qildik.

Albatta, ideal natija g‘alaba bo‘lardi. Buning iloji bo‘lmadi. Ammo biz yaqqol favorit hisoblangan va hali ham favorit bo‘lib qolayotgan jamoaga qarshi o‘ynaganimizni tushunishimiz kerak. Jamoamiz ko‘rsatgan o‘yindan mamnunman.

Afsus bormi? Yo‘q. Hech qanday afsus yo‘q. Jamoa barcha ishni to‘g‘ri bajardi. Faqat ajoyib futbolchining ajoyib harakati o‘yin taqdirini o‘zgartirdi", — deya Fonsekaning so‘zlarini L'Equipe keltiradi.

Javob uchrashuvi bir haftadan so‘ng — 26 avgust kuni Fransiyada bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oladi, mag‘lub bo‘lgan klub esa Yevropa ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 08:11, 19.08.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик