"Renn" asosiy jamoa tarkibidan bir nechta futbolchini chetlatishga qaror qildi. Foot Mercato xabariga ko‘ra, Alidu Seydu, Jaui Sisse va Brel Embolo Bretan klubining zaxira tarkibiga o‘tkazildi.
Manba ma’lumotiga qaraganda, "Renn" jamoa tarkibini qayta shakllantirishga intilmoqda. Ushbu uch futbolchiga transfer oynasi yopilguniga qadar o‘z kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilish vazifasi qo‘yilgan.
29 yoshli Embolo o‘tgan mavsumda 34 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli Seydu 34 ta uchrashuvda 1 ta assist qayd etgan bo‘lsa, 22 yoshli Sisse 25 ta o‘yinda 3 ta sariq kartochka oldi.













