«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamal Musiala vaqti-vaqti bilan absanslar (qisqa muddatli xushning yo‘qolishi) keltirib chiqaradigan nevrologik disfunksiya haqida gapirib berdi.
«Menda nevrologik disfunksiya tufayli yuzaga keladigan, vaqtinchalik, ammo yaxshi davolanadigan absanslar aniqlandi. Ular yaqinda o‘tkazilgan «Leypsig» va «Xaydenxaym»ga qarshi o‘yinlardagi kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Bilaman, birinchi qarashda bu qo‘rqinchli ko‘rinadi, ammo men uchun bu hozir kundalik hayotning bir qismiga aylangan. Ahvolim tibbiy jihatdan juda yaxshi va kelajakka optimistik ruhda qarayman. «Bavariya» va yaqinlarim har doim yonimda va bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Juda muhim jihati shundaki, sog‘lig‘im uchun hech qanday qo‘shimcha xavf-xatarlar yo‘q», — deydi Musialaning so‘zlarini keltirgan jurnalist Kerri Xau.
23 yoshli futbolchi 15 avgust kuni «Leypsig» va 18 avgust kuni «Xaydenxaym»ga qarshi kechgan o‘yinlarda xushini yo‘qotgan edi.













