"Kristal Pelas" rasmiy sayti orqali "Real Solt-Leyk" yarim himoyachisi Zeyviyer Gozoni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 19 yoshli amerikalik futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer xalqaro ruxsat olinganidan so‘ng kuchga kiradi.
"Men Premyer-ligada "Kristal Pelas" safida o‘ynashni juda xohlayman. Bu har qanday futbolchining orzusi. Bu yerda ishlayotgan insonlar va klubning loyihasi menga katta motivasiya beradi. Men klub haqida ko‘p ma’lumot oldim va jamoaning so‘nggi muvaffaqiyatlari ham uni men uchun alohida klubga aylantiradi", — dedi Gozo.
Gozo yozgi transfer oynasida "Kristal Pelas" safiga qo‘shilgan oltinchi yangi futbolchi bo‘ldi. Undan avval klub Oskar Mingesa, Takexiro Tomiyasu, Duayt Maknil, Evann Gessan va Anan Xalilini transfer qilgan edi.













