Yaqinda "Barselona"ga o‘tgan yarim himoyachi Rodri Ernandes Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares haqidagi savolga javob berdi.
Ispaniyalik va argentinalik futbolchilar 2022 yildan 2024 yilgacha "Manchester Siti" safida birga to‘p tepishgan. "Barselona" hali ham Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda, ammo "Atletiko" hujumchisi bilan xayrlashish niyatida emas.
"Boshqa jamoalar futbolchilari haqida gap ketganda, fikr bildirishda ehtiyotkor bo‘lishga harakat qilaman. Xulian — eng yaxshi hujumchilardan biri. U istalgan jamoani kuchaytira oladi, ammo hozir u "Atletiko" futbolchisi.
Men bu klubga juda katta hurmat bilan qarayman. Ishonchim komilki, Deku va direktorlar kengashi "Barselona" tarkibini kuchaytirish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishadi", — deya 30 yoshli yarim himoyachining so‘zlarini ESPN Argentina keltiradi.
Rodri 2018 yildan 2019 yilgacha "Atletiko" sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng "Manchester Siti"ga o‘tgan.













