"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazishi uchun asosiy mezonlarni sanab o‘tdi.
"Men uchun muvaffaqiyat — mavsumni yaxshi o‘tkazganimizni his qilish. G‘alabaga munosib bo‘lishimiz, jamoa ichida to‘g‘ri energiya bo‘lishi, qanday o‘ynayotganimizdan faxrlanishimiz va har bir uchrashuvda kurashishga qanchalik tayyor ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak.
Agar bularning barchasi bo‘lsa, imkonimiz yetgan darajada yuqoriga ko‘tarila olamiz", — deya Alonsoning so‘zlarini Men in Blazers keltiradi.
Xabi Alonso 1 iyul kuni rasman "Chelsi" bosh murabbiyi etib tayinlangan va 2026 yilda jamoani boshqargan uchinchi mutaxassisga aylangan.
2025/26 yilgi mavsumning birinchi yarmida klubni Enso Mareska boshqargan. U ketganidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi lavozimida Liam Rosenyor va Kalum Makfarleyn ham ishlagan.
Angliya chempionatining yangi mavsumi 21 avgust, juma kuni start oladi.













