Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Hojiakbar Qo‘chqorov va Behruzbek Valiyev jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Hojiakbar Qo‘chqorov va Behruzbek Valiyev jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Baho:
+ | -

Slovakiyaning Bratislava shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionati davom etmoqda.

Ortda qolgan kunda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bronza medali sohiblari:

  • 55 kg: Hojiakbar Qo‘chqorov
  • 72 kg: Behruzbek Valiyev

Bugungi kechki dasturda «klassik» kurashchilarimizdan Dostonbek Oripov finalda ozarbayjonlik Ayxan Javadovga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, qizlarimizdan ikki nafari bronza medali uchun kurashsa, yana to‘rt nafar sportchimiz saralash bosqichida gilamga chiqadi.

Final:

  • 60 kg: Dostonbek Oripov — Ayxan Javadov (Ozarbayjon)

Bronza medali uchun:

  • 50 kg: Nilufar Nurmuhammadova — Diana Voykilesku (Ruminiya) / Yu Chjan (Xitoy) / Kamilla Pixor (Ukraina)
  • 53 kg: Sohibjamol Esbosinova — Elmira Karalbayeva (Qirg‘iziston) / Dinara Dauilqizi (Qozog‘iston)
Kiritildi: 12:34, 19.08.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик