Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Depay «Korintians»da qolishidan mamnun ekanini aytdi

Depay «Korintians»da qolishidan mamnun ekanini aytdi

Baho:
+ | -

«Korintians» hujumchisi Memfis Depay Braziliya klubi bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozir menda juda ko‘p his-tuyg‘ular bor — ham xayolimda, ham butun vujudimda. Avvalo, shartnomani uzaytirish jarayonida ishtirok etgan barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Albatta, «Korintians» — ulkan klub. Men ham, boshqalar ham uning naqadar buyuk ekanini ko‘rdik. Birgalikda qanchalik katta kuch ekanimizni ham namoyon etdik. Men juda va juda baxtliman. Mashg‘ulotlarga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman. Oldimizda kurashishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab maqsadlar bor. Men juda xursandman», — deya Depayning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Memfis Depay 2024 yildan buyon «Korintians» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Braziliya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 79 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:58, 19.08.2026.
O'qildi: 276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик