Darvozabon Gulyelmo Vikario «Tottenxem»dan «Yuventus»ga o‘tganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Seshanba kuni Turin klubi 29 yoshli italiyalik posbonni sotib olish huquqi bilan ijaraga olganini rasman e’lon qildi.
«Hozir meni juda kuchli his-tuyg‘ular qamrab olgan, chunki «Yuventus»ga o‘tish — bir ma’noda butun umrlik orzumning ushalishi. Men bu lahzani bolaligimdan orzu qilib kelganman. Endi bu voqea amalga oshganidan juda faxrlanaman.
Shunday buyuk tarixga ega klub sharafini himoya qilish — ulkan mas’uliyat. Men bu mas’uliyatni mamnuniyat bilan zimmamga olaman va uni chin dildan qabul qilaman», — deya Vikarioning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Vikario 2023 yildan buyon «Tottenxem» safida to‘p tepib kelayotgan edi. U Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval Italiyaning «Empoli» klubida faoliyat yuritgan.













