Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Superliga: "Dinamo" OKMK ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi

Superliga: "Dinamo" OKMK ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan OKMK va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o‘tgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida kiritildi. 48-daqiqada Firdavs Abdurahmonov Mixail Shtefanning uzatmasidan unumli foydalanib, "Dinamo"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Qolgan daqiqalarda OKMK hisobni tenglashtirishga uringan bo‘lsa-da, Samarqand jamoasi o‘z ustunligini saqlab qoldi va safardan uch ochko bilan qaytdi.

Uchrashuvni bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayev boshqardi. VAR vazifasini Dostonbek Rahmonov bajardi.

Bahsdagi yagona ogohlantirish 66-daqiqada "Dinamo" futbolchisi Oybek O‘rmonjonovga berildi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:26, 19.08.2026.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик