"Manchester Siti" yarim himoyachisi Niko Gonsales jamoada qolishni istamoqda. Ispaniyalik futbolchiga "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Shaharliklar" yarim himoyada futbolchilar yetishmasligi mumkinligiga qaramay, "qarg‘alar" bilan muzokara olib borishga tayyor. Biroq Nikoning o‘zi jamoani tark etishga shoshilmayapti. Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi tarkibdagi qayta qurishdan so‘ng asosiy tarkibdan joy olishi va amaldagi jamoasiga katta foyda keltirishi mumkinligiga ishonmoqda.
Niko Gonsales 2025 yil boshida "Portu"dan 60 million yevro evaziga "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan. Ayni paytda Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.
Shu bilan birga, so‘nggi xabarlarga ko‘ra, "Nyukasl" Gonsales transferi bo‘yicha "Manchester Siti" bilan muzokaralarni boshlagan. Tomonlar o‘rtasidagi muloqot hozircha dastlabki bosqichda.













