"Real" Madrid bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Arda Gyuler haqidagi fikrlarini bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassis 21 yoshli turkiyalik futbolchini klubning sobiq yulduzi Luka Modrich bilan taqqosladi.
"Men Gyulerni yaxshi ko‘raman, u top darajadagi futbolchi. U Modrichning yo‘lidan borishiga ishonaman: avvaliga markaziy yarim himoyachiga aylanadi, keyin esa tayanch yarim himoyachi sifatida ham o‘ynaydi", — deya Mourinyoning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano keltirdi.
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilga qadar "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan. Arda Gyuler esa 2023 yildan buyon "Real" safida to‘p tepmoqda.
Shanba kuni "Real" La Liganing 1-turida "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













