O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bugun, 20 avgust kuni o‘tkaziladi.
Kunning dastlabki bahsida "Bunyodkor" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Keyingi bellashuvda esa "Xorazm" Urganchda "Lokomotiv" bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs 20:00 da start oladi.
18-turning dastlabki 4 uchrashuvidan keyin turnir jadvalida "Neftchi" 42 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Paxtakor" 38 ochko bilan ikkinchi, "Buxoro" 33 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. "Navbahor" esa 31 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.
Turning so‘nggi ikki uchrashuvi 21 avgust kuni o‘tkaziladi: "Navbahor" — "Nasaf" va "Paxtakor" — "Surxon".















