Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Saudiyaning ikki klubi "Barselona" futbolchisi uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor

Saudiyaning ikki klubi "Barselona" futbolchisi uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+1 | -

"Barselona"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasadoga Saudiya Arabistonining ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchini "Al-Hilol" va "Al-Ahli" o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ta’kidlanishicha, har ikki klub Kasado uchun 40 million yevrogacha to‘lashga tayyor.

Biroq futbolchining o‘zi qaror qabul qilishga shoshilmayapti va unga kelib tushadigan barcha takliflarni batafsil o‘rganib chiqmoqchi.

Kasado o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yarim himoyachining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari uning bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:47, 20.08.2026.
O'qildi: 1089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик