Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyeza "Liverpul" mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Kyeza "Liverpul" mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Baho:
+ | -

"Liverpul" vingeri Federiko Kyezaning A Seriyaga qaytishi mumkinligi haqida yana xabarlar tarqalmoqda.

Italiyalik futbolchi "Liverpul" mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Biroq insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, bu uning yaqin orada klubni tark etishi bilan bog‘liq emas. Kyezada yana sog‘liq bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan, ammo ularning qay darajada jiddiy ekani hozircha aniq emas.

Romano sobiq "Yuventus" futbolchisining boshqa klubga o‘tishini istisno qilmadi, ammo hozircha bu borada aniq yangilik yo‘q. Shuningdek, agar jarohat jiddiy bo‘lib chiqsa, futbolchiga qiziqish kamayishi mumkin.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Federiko Kyezaning bozor qiymati 13 million yevroni tashkil etadi. 28 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 12:21, 20.08.2026.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик