Venesuelalik 32 yoshli futbolchi Xomero Kalderon qariyb olti oydan buyon AQSH Immigrasiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) hibsida saqlanmoqda.
Kalderon fevral oyi oxirida Floridada polisiya tomonidan to‘xtatilgan. AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u amaldagi Florida haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqargani uchun qo‘lga olingan. Keyinchalik futbolchi ICE ixtiyoriga topshirilgan.
Shundan buyon Kalderon maxsus migrasiya markazida saqlanmoqda. Uning rafiqasi Daniela Molina turmush o‘rtog‘ining ozod qilinishi uchun harakat qilmoqda.
Kalderon faoliyati davomida Venesueladan tashqari Portugaliya, Kipr va Italiya klublarida ham to‘p tepgan.













