Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu nega "An-Nasr" mashg‘ulotlarida ishtirok etmayotgani ma’lum bo‘ldi

Ronaldu nega "An-Nasr" mashg‘ulotlarida ishtirok etmayotgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohati sabab mavsum boshini o‘tkazib yubormoqda.

Chorshanba kuni portugaliyalik futbolchi yana individual dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazdi. U hozircha jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti. Al Nassr Zone Saudiya Arabistoni OAVga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli futbolchi tos mushaklaridagi jarohatdan tiklanishda davom etmoqda.

Ronaldu o‘tgan hafta umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazgan, ammo og‘riq his qilgan. Payshanba kuni tibbiy shtab uning holatini baholaydi va shundan so‘ng 21 avgust kuni "Ar-Riyod"ga qarshi Saudiya Arabistoni chempionati uchrashuvida ishtirok etishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning yangi mavsumdagi dastlabki ikki rasmiy o‘yini — "Al-Fath" (3:0) va "Al-Diriya"ga (4:1) qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 12:39, 20.08.2026.
O'qildi: 2843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик