Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Yuventus" himoyachisi Gatti muxlis sabab jarohat oldi (+Video)

"Yuventus" himoyachisi Gatti muxlis sabab jarohat oldi (+Video)

Baho:
+ | -

"Yuventus" himoyachisi Federiko Gatti chorshanba kuni ehtiyot chorasi sifatida jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi. 28 yoshli futbolchi muxlis bilan to‘qnashuv oqibatida yengil jarohat olgan.

"Yuventus" mavsumoldi tayyorgarligini klubning yoshlar jamoasiga qarshi o‘yin bilan yakunladi. An’anaga ko‘ra, bu uchrashuv to‘liq 90 daqiqa davom etmaydi — muxlislar maydonga tushishi sabab o‘yin oldinroq to‘xtatiladi. Odatda uchrashuv 60–70 daqiqa davom etadi, ammo bu safar muxlislar tanaffusdan so‘ng maydonga chiqishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda muxlislardan biri yugurib kelayotib sirpanib ketgan va beixtiyor Gattining oyog‘iga tegib, uni yiqitib yuborgan. Himoyachi boshqa tomonga qarab turgani uchun to‘qnashuvdan qochishga ulgurmagan.

Football Italia ma’lumotiga ko‘ra, Gattining jarohati jiddiy emas va u mavsum boshiga tayyor bo‘lishi kutilmoqda. 

Kiritildi: 13:00, 20.08.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик