Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rober Muyne 96 yoshida vafot etdi

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rober Muyne 96 yoshida vafot etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Lion" klubi sobiq himoyachisi Rober Muynening vafot etganini ma’lum qildi. Fransiyalik sobiq futbolchi 96 yoshda edi.

"Lion" bayonotida shunday deyiladi:

"Rober Muynening vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Fransiya terma jamoasining 1958 yilgi tarkibidan hayot bo‘lgan so‘nggi futbolchi jamoamiz safida 149 ta uchrashuv o‘tkazgan. Klub uning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiradi".

Muyne 1955 yildan 1959 yilgacha "Lion" sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u 1949–1953 va 1959–1963 yillarda "Tuluza", 1953–1955 yillarda esa "Kann" safida to‘p tepgan.

"Tuluza" ham sobiq futbolchisining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Muyne ushbu klub safida sakkiz mavsum davomida 184 ta o‘yin o‘tkazgan. U 1953 yilda "Tuluza"ning ikkinchi diviziondagi ilk chempionligiga hissa qo‘shgan futbolchilardan biri edi.

Rober Muyne Fransiya terma jamoasi tarkibida 1958 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. O‘sha musobaqada fransuzlar bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 13:27, 20.08.2026.
O'qildi: 624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик