Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Komo» Kin uchun «Fiorentina»ga ikkinchi taklifni tayyorlamoqda

«Komo» Kin uchun «Fiorentina»ga ikkinchi taklifni tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Komo» klubi Moyze Kin bo‘yicha ikkinchi taklifni yuborishga hozirlik ko‘rmoqda. Florensiyaliklarning birinchi rad javobi «Komo» rahbariyatini to‘xtatib qolgani yo‘q, muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, birinchi taklif umumiy 30 million yevroni tashkil etgan edi: 26 yoshli futbolchini ijaraga olish uchun 5 million yevro, ijara muddati tugagach majburiy sotib olish sharti bilan yana 25 million yevro to‘lanishi ko‘zda tutilgandi.

Biroq «Fiorentina» futbolchini bunday shartlar asosida sotishdan bosh tortdi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Komo» hujumchini qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urinib ko‘radi, ammo yangi taklif tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayapti.

2026/2027 yilgi mavsumda Kin «Fiorentina» safida Italiya Kubogida bitta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga ulgurdi. Uning «Fiorentina» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan, Transfermarkt portalidagi bozor qiymati esa 32 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:56, 20.08.2026.
O'qildi: 520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик