Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Barselona»ning short-listida 2-3 ta hujumchi bor

«Barselona»ning short-listida 2-3 ta hujumchi bor

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Insayder Florian Plettenbergning X tarmog‘ida xabar berishicha, argentinalik futbolchi Kataloniyaning «Barselona» klubining markaziy hujumchi pozisiyasi uchun tuzilgan short-listidan o‘rin olgan.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli forvardning nomzodi jamoa ichida muhokama qilingan va atroflicha tahlil qilingan. Transfer oynasi yopilgunga qadar (1 sentyabr) ushbu bitim amalga oshishi mumkin. Xabar qilinishicha, «ko‘k-anorranglilar»ning «to‘qqizlik» pozisiyasi uchun ro‘yxatida jami ikkitadan uchtagacha futbolchi mavjud.

Avvalroq Lautaro Martines «Barselona» uchun «Atletiko»dan Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda muqobil variant sifatida qaralgan edi. OAV xabariga ko‘ra, «Inter» o‘z futbolchisini taxminan 120 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Kiritildi: 15:22, 20.08.2026.
O'qildi: 1863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик