«Portu» «Milan» hujumchisi Santyago Ximenesning transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Goal nashrining O Jogo’ga tayanib xabar berishicha, tomonlar transfer summasi va formati bo‘yicha bir qarorga kela olishmagan.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli meksikaliк jarohat sababli o‘yinlarning bir qismini o‘tkazib yubordi va 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Portugaliya klubi hujumchini bepul ijaraga olishni va muayyan shartlar bajarilganda 15 million yevroga majburiy sotib olish opsiyasini taklif qilgan edi.
«Milan» ushbu taklifni rad etdi. Italiya klubi pullik ijara va keyinchalik 20–25 million yevroga sotib olish huquqini saqlab qolishni xohlamoqda. Ushbu variant «rossoneri»ga Ximenesni «Feyenoord»dan taxminan 32 million yevroga sotib olgandan so‘ng ko‘rilgan moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi.
«Milan»ning rad javobidan so‘ng «Portu» muqobil hujumchilarni izlashga kirishdi.













