«Barselona» himoyachisi Joau Kanselu kataloniyaliklar klubiga qaytgani haqida fikr bildirdi.
«Men istagan yagona narsa «Barselona»ga qaytish edi. Bu safar bolalikdagi orzuimni aniq amalga oshirdim», — dedi Kanselu taqdimot marosimida.
20 avgust kuni kataloniyaliklar klubi 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Kanselu bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.
Kanselu avval ham «Barselona» safida ijara asosida o‘ynagan. U jami 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urgan va sheriklariga to‘qqizta golli uzatma amalga oshirgan.













