«Barselona» sport direktori Deku jamoadan Ferran Torres va Robert Levandovski ketgani haqida fikr bildirdi.
Ferran Torres bu yozda 50 million yevro evaziga «PSJ»ga o‘tdi. Levandovski esa «Barselona»ni erkin agent sifatida tark etib, «Chikago Fayr»ga qo‘shildi.
«Ikki futbolchi — Ferran va Robert Levandovski ketdi. Biz Ferranning o‘rnini yangi futbolchilar bilan to‘ldirishimiz mumkin, ammo Robertning o‘rnini bosish juda qiyin. Hatto yaxshi futbolchi topsak ham, bu juda mushkul bo‘ladi, chunki u bizning davrimizni belgilab bergan futbolchi edi.
Bizda ichki imkoniyatlar bor, ammo, albatta, ayrim qadamlarni tashlaymiz. Gap eng maqbul yechimni topish haqida ketmoqda.
Har qanday futbolchi bu yerga o‘tishni xohlaydi. Yuqori darajadagi futbolchilarni jamoaga jalb qilish uchun esa loyiha kerak. Bu yerga kelgan futbolchilarni ham shu narsa ta’sirlantirdi. Ularning barchasi sovrinlarni qo‘lga kiritishni va tarix yaratishni xohlaydi, — dedi Deku.













