"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Maylz Lyuis-Skelli yozgi transfer oynasida klubni tark etmasligini ma’lum qildi.
19 yoshli "Arsenal" tarbiyalanuvchisi "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ning qiziqishini uyg‘otdi. Avvalroq "Arsenal" moliyaviy foyda olish uchun futbolchini sotishni ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi, ammo Arteta buni rad etdi.
"Men uning qolishiga 100 foiz aminman. Bizning tizimimizdan o‘tgan va jamoa bilan bo‘lgan muhabbat va aloqani chinakam his qiladigan o‘yinchilar bizga o‘zgacha narsa berishadi. Biz ularga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak, chunki ular klubga ulkan qiymat keltiradilar", - dedi Arteta.
Maylz Lyuis-Skelli "Arsenal"ning katta jamoasida 2024 yil sentyabr oyida debyut qilgan. O‘shandan beri u barcha musobaqalarda 76 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va yettita golli uzatmani amalga oshirgan.













