Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Mirko Yelichich: «Bugun o‘zimizni ko‘rsatib, yaxshi o‘yin namoyish qilganimiz yoqimli bo‘ldi»

Mirko Yelichich: «Bugun o‘zimizni ko‘rsatib, yaxshi o‘yin namoyish qilganimiz yoqimli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Xorazm"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Og‘ir o‘yin bo‘ldi. «Xorazm» o‘z maydonida o‘ynayotgani sababli oxirigacha kurashishini bilardik. O‘yin davomida biz ham sun’iy maydonga moslashib bordik. O‘tgan haftada Temurxo‘ja Abduxoliqov bilan bog‘liq holatdan keyin biz ham bunga ko‘nikishimiz kerak. Bu holat jamoaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Lekin bugun o‘zimizni ko‘rsatib, yaxshi o‘yin namoyish qilganimiz yoqimli bo‘ldi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

— Keyingi o‘yin uchun rejalar qanday?

— Har bir raqib o‘zgacha. «Bunyodkor»ni o‘rganib chiqamiz. Har yangi haftada yangi raqib, yangi tizimni ko‘ramiz. Bilamiz, «Bunyodkor» hozir biroz og‘irroq holatda. Ularni o‘z maydonimizda qabul qilamiz. Yaxshi maydon, bunda «Bunyodkor» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Biz esa tartibli bo‘lishimiz kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:13, 21.08.2026.
O'qildi: 449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик