17 yoshli Andriya Bartishvili faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin.
Iqtidorli hujumkor yarim himoyachi hozirda ijara asosida Gruziyaning «Iberiya 1999» klubida to‘p surmoqda, uning transfer huquqi esa «Kolxeti»ga tegishli. Futbolchining amaldagi shartnomasi joriy yilning oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. BBC xabariga ko‘ra, «kanonirlar» Bartishviliga dastlabki shartnoma taklif qilishgan. Yosh futbolchi to‘p bilan muomala qilish uslubi o‘xshashligi sababli yulduzli hamyurti Xvicha Kvarasxeliyaga qiyoslanmoqda.
Andriya Bartishviliga Yevropaning boshqa grand klublari, jumladan, «Liverpul» va «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda. Joriy yilning mart oyida «yangi Kvarasxeliya» Gruziya yoshlar terma jamoasida (U-21) debyut qildi, unga qadar esa 19 yoshgacha bo‘lgan terma jamoa safida 5 ta o‘yinda 2 ta gol urishga erishgan edi.













