Portugaliyalik hujumchi Gonsalu Ramush joriy yozda «Milan»ning eng shov-shuvli transferlaridan biriga aylandi. U Fransiyaning «PSJ» klubini tark etib, faoliyatini Italiyada davom ettirishga qaror qildi.
Ramush «Milan»ga transferi qanday amalga oshgani va klubning unga bo‘lgan qiziqishidan qachon xabar topgani haqida gapirdi.
«Ilk aloqalar Jahon chempionati vaqtida bo‘lgan. Men klub vakillari bilan gaplashdim va tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Ertasi kuni esa shartnoma imzoladim. Men tibbiy ko‘rikdan bundan 15 kun oldin o‘tganim haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hammasi juda tez sodir bo‘ldi», — dedi Ramush.
Shu tariqa, portugaliyalik hujumchining «Milan»ga o‘tishi qisqa vaqt ichida hal qilingan.













