Italiya chempionatining yangi mavsumi amaldagi chempion «Inter» hamda yaqindagina A Seriyaga qaytgan «Monsa» o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi.
Raqibning maqomi va kuchini tan olganiga qaramay, «Monsa» bosh murabbiyi Ivan Yurich jamoasi «San-Siro»ga faqat himoyalanish uchun bormasligini ta’kidladi.
«Ular — boshqa sayyoradan. Ko‘p yillardan buyon shu darajada o‘ynab kelishmoqda. Ularning yondashuvi doim bir xil va ayni paytda bu Italiyaning eng yaxshi jamoasi.
Ammo men «San-Siro»ga faqat himoyalanish uchun borishni istamayman. Albatta, bizga juda qiyin bo‘ladi, lekin u yerga borib, o‘z omadimizni sinab ko‘rish g‘oyasi menga yoqadi», — dedi Yurich.
«Inter» — «Monsa» uchrashuvi 22 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













