«Bavariya»ning hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechadigan Germaniya Superkubogi bahsida maydonga tusha olmaydi.
23 yoshli futbolchi mavsum oldi tayyorgarlik doirasidagi ketma-ket ikkita o‘yinda hushini yo‘qotgan edi: dastlab 15 avgust kuni «RB Leypsig»ga qarshi bahsda, oradan uch kun o‘tib esa «Xaydenxaym» bilan o‘yinda ushbu noxush holat takrorlandi. Takrorlangan hodisa butun futbol jamoatchiligini xavotirga solgan bo‘lsa-da, yaqin orada futbolchining maydonga qaytishi kutilmoqda.
Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Musiala shanba kuni (22 avgust) bo‘lib o‘tadigan Germaniya Superkubogi qaydnomasiga kiritilmaydi, ammo 28 avgust kuni Bundesliganing 1-turi doirasida «Shtutgart»ga qarshi kechadigan o‘yinga qadar jamoa safiga qaytadi.













