Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi ochilish o‘yinida elitaga qaytib chiqqan «Koventri Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
Bahs juma oqshomida bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumanida jurnalistlar poytaxt grandi ustozi Mikel Artetaga mavsumni amaldagi chempion sifatida boshlash qanday his-tuyg‘ularni berayotgani haqida savol berishdi.
«O‘zimni juda yaxshi va boshqacha his qilyapman. Men ruhlanganman va g‘alabalarga har qachongidan ham ochman. Ishqibozlarimiz qarshisida kechadigan dastlabki uy uchrashuvini sabrsizlik bilan kutyapman», — deydi ispaniyalik mutaxassis TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
«Arsenal» — «Koventri» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21 avgustdan 22 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.













