«Barselona»ning ikki sobiq futbolchisi — Robert Levandovski va Antuan Grizmann MLS doirasidagi uchrashuvda o‘zaro to‘qnash keldi. Bu qarama-qarshilikda polyak hujumchisining jamoasi ustun keldi.
«Chikago» sharafini himoya qilayotgan Levandovski uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga «Orlando Siti» ustidan g‘alaba keltirdi.
Ushbu muvaffaqiyat «Chikago» uchun barcha musobaqalarni hisobga olganda ketma-ket oltinchi g‘alaba bo‘ldi. Bu klubning XXI asrdagi eng uzoq g‘alabali seriyasi hisoblanadi. Shu tariqa, Levandovskining jamoaga kelishi «Chikago»ning muvaffaqiyatli davriga to‘g‘ri keldi.
Grizmann ham uchrashuvni faol o‘tkazdi. Fransiyalik futbolchi burchak zarbasini amalga oshirganidan so‘ng Yosip Brekalo «Chikago» darvozasini ishg‘ol qildi.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann 2019–2021 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Levandovski esa Kataloniya klubida 2022 yildan 2026 yilga qadar to‘p tepgan.













