«Renn» hujumchisi Breel Embolo faoliyatini MLSda davom ettirishga yaqin. Shveysariya terma jamoasi futbolchisini «Atlanta Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klublar transfer borasida kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 17 million yevro atrofida bo‘lib, yana 1 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan.
29 yoshli hujumchiga MLSdan tashqari «Ipsvich» ham qiziqish bildirgan, ammo hozirda uning AQSHga ko‘chib o‘tishi eng ehtimoliy variant bo‘lib turibdi.
Embolo o‘tgan mavsumda «Renn» safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, Embolo Shveysariya terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etdi. U Argentinaga qarshi chorak final bahsida qizil kartochka olgan edi.













