Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

"Manchester Yunayted" Zirkzeeni ijaraga berishga tayyor

"Manchester Yunayted" Zirkzeeni ijaraga berishga tayyor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee Italiya A Seriyasining ikki yirik klubi e’tiboriga tushdi.

Football Italia xabariga ko‘ra, ayni paytda 25 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogarlar "Yuventus" va "Napoli" hisoblanmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi Turin klubiga o‘tishga rozilik bergan. Biroq "Yuventus" "Bolonya"ning sobiq yulduzini tarkibga qo‘shib olishdan avval hujumchilaridan biri bilan xayrlashishi kerak.

Bundan tashqari, Luchano Spallettida Zirkzeening taktik jihatdan jamoaga mos kelishi borasida ayrim shubhalar bor. "Yuventus" ustozi tarkibda klassik "to‘qqizlik"ni ko‘rishni istaydi. Zirkzee esa ko‘pincha maydon markaziga yaqinroq harakatlanib, to‘pni nazorat qilish va hujumlarni tashkil etishda jamoadoshlariga yordam berishni xush ko‘radi.

"Napoli" ham "qizil iblislar" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda, ammo Neapol klubi "Arsenal" futbolchisi Gabriel Jezusni ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, "Napoli" ham yangi hujumchi olishdan avval tarkibdagi futbolchilardan biri bilan xayrlashishi lozim. Katta ehtimol bilan Noa Lang jamoani tark etadi.

"Manchester Yunayted" esa Joshua Zirkzeeni majburiy sotib olish shartisiz ijaraga berishga tayyor. Bu holat futbolchining Italiya chempionatiga qaytish ehtimolini oshirmoqda.

Kiritildi: 10:41, 21.08.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик