Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Manchester Siti" futbolchisini "Vest Xem"ga ijaraga beradi

"Manchester Siti" futbolchisini "Vest Xem"ga ijaraga beradi

Baho:
+ | -

"Vest Xem" "Manchester Siti"ning 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Divayn Mukasani ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Kelishuvga futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi kiritilmaydi. "Manchester Siti" transferga ruxsat bergan va Mukasani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Qizig‘i, Mukasa uchun "Vest Xem" begona klub emas. U 2013 yilda ushbu klub akademiyasiga qo‘shilib, 2023 yilga qadar London klubi tizimida tarbiyalangan. Keyinchalik yosh futbolchi "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tdi va o‘tgan mavsum asosiy jamoada debyut qildi.

2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini esa angliyalik futbolchi "Lester"da ijara asosida o‘tkazdi. U Chempionshipda 2 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:54, 21.08.2026.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик