"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning braziliyalik vingeri Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.
"Uning o‘tmishda qanday muammolari bo‘lganini bilmayman. Ammo hozir uning g‘alaba qozonishni istayotganini ko‘rib turibman. U men nimani xohlayotganimni biladi. Menimcha, u baxtli va jamoada o‘zini qulay his qilmoqda. Shartnomani uzaytirishdan oldin har bir suhbatimiz yana g‘alaba qozonish istagi haqidagi gaplar bilan yakunlanardi", — dedi Mourinyu.
Uzoq va murakkab muzokaralardan so‘ng Vinisius "Real" bilan shartnomasini 2032 yilga qadar uzaytirdi.
Braziliyalik futbolchi 2018 yilda Madrid klubiga kelganidan buyon barcha musobaqalar doirasida 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













