"Lids" hujumchisi Brenden Aaronson bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Kelishuv 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
25 yoshli amerikalik futbolchi "Lids" sharafini 2022 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U avval "Filadelfiya" va "RB Zalsburg" klublarida ham to‘p surgan.
2025/26 yilgi mavsumda Aaronson barcha musobaqalar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali AQSH terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.













