Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

UYEFA va KONKAKAF yagona Millatlar Ligasi loyihasini muhokama qilmoqda

UYEFA va KONKAKAF yagona Millatlar Ligasi loyihasini muhokama qilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UEFA va KONKAKAF tashkilotlari Yevropa va Shimoliy Amerikaning 96 ta terma jamoasi ishtirokida yagona Millatlar Ligasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. The Guardian nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu grandioz turnir 2028 yildanoq start olishi mumkin.

Ushbu loyiha konfederasiyalarning FIFA hamda uning prezidenti Janni Infantinoga qarshi kurashidagi navbatdagi qadamiga aylandi. Avvalroq UEFA va KONKAKAF Infantinoning iste’fosiga erishish maqsadida kuchlarni birlashtirgan edi.

Yangi musobaqa amaldagi Millatlar Ligasi kabi ko‘p bosqichli tizimga ega bo‘ladi. Yuqori divizionda Ispaniya, Fransiya, Angliya va Germaniya kabi Yevropa grandlari KONKAKAFning eng kuchli jamoalari — Meksika, AQSH va Kanadaga qarshi maydonga tushishadi. Guruh bosqichidan so‘ng pley-off va «to‘rtlik finali» o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

O‘yinlar sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi mavjud xalqaro tanaffuslar vaqtida, pley-off bahslari esa mart va iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir terma jamoalarning hozirgi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘rnini egallaydi va parvozlarni qisqartirish uchun o‘yinlar geografiyani hisobga olgan holda taqsimlanadi. Kelajakda ushbu global loyihaga Osiyo Futbol Konfederasiyasi ham qo‘shilishi mumkin.

Kiritildi: 15:32, 21.08.2026.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик