Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Portu» Ximenes transferi bo‘yicha «Milan» bilan yangi muzokaralar raundini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

«Portu» Ximenes transferi bo‘yicha «Milan» bilan yangi muzokaralar raundini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

Portugaliyaning «Portu» klubi «Milan»ning meksikalik hujumchisi Santyago Ximenesni o‘z safiga qo‘shib olish umidini uzmayapti va bugun yangi muzokaralar raundini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Futbolchining o‘zi ham iloji boricha tezroq klubni tark etishni talab qilmoqda. Oldinroq «Portu» hujumchini majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi, biroq tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kela olishmagan.

25 yoshli Ximenes 2025 yilning qishida «Feyenoord»dan «Milan»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Meksika terma jamoasi safida 2026 yilgi JCHda 4 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Portugaliya chempionatini ikkita g‘alaba bilan boshlagan Franchesko Farioli boshchiligidagi «Portu» keyingi turni 23 avgust kuni «Arouka»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:49, 21.08.2026.
O'qildi: 458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик