Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Bavariya" Musialaning kasalligidan qachondan beri xabardor ekani ma’lum bo‘ldi

"Bavariya" Musialaning kasalligidan qachondan beri xabardor ekani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl Jamal Musialaning yaqinda maydonda ikki marta hushini yo‘qotishi bilan bog‘liq holatga izoh berdi. Klub futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatdan o‘tgan mavsumdan beri xabardor bo‘lgan.

"Biz bu haqda o‘tgan mavsum davomida bilardik. Jamalning o‘zi bu haqda jamoatchilikka aytishni xohladi. Futbolchilar ham barchasidan xabardor edi. Biz uchun bu allaqachon kundalik hayotimizning bir qismiga aylangan.

Biz "Bavariya" oilasi sifatida birgamiz va unga barcha zarur yordamni ko‘rsatamiz. Yaqinda u dori-darmonlarni qabul qilish tartibida ayrim o‘zgarishlar qildi va shu sababli bunday holatlar yana kuzatila boshladi. Endi bunday epizodlar bo‘lmagan avvalgi holatga qaytishni istaymiz", — dedi Eberl.

23 yoshli Musiala shu oyda "RB Leypsig" va "Xaydenxaym"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ikki marta maydonda hushini yo‘qotdi. Keyinchalik futbolchining o‘zi unda qisqa muddatli nevrologik buzilish bilan bog‘liq holatlar aniqlanganini ma’lum qildi. Musialaning ta’kidlashicha, ushbu holat davolanadi va shifokorlar nazorati ostida.

Kiritildi: 17:41, 21.08.2026.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик