Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

23 ta gol urgan Joau Pedro "Chelsi" bilan yangi shartnoma tuzadi

23 ta gol urgan Joau Pedro "Chelsi" bilan yangi shartnoma tuzadi

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Joau Pedro London klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi. BBC ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv 2032 yilga qadar mo‘ljallanadi va uni yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bo‘ladi.

24 yoshli braziliyalik futbolchi "Chelsi"ga kelganida, uning dastlabki shartnomasi 2033 yilgacha amal qilishi e’lon qilingan edi. Biroq manba ma’lumotiga ko‘ra, aslida kelishuv 2032 yilgacha tuzilgan va unda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘lgan.

"Chelsi" odatda futbolchilar bilan shartnoma muddatini rasman e’lon qilishda klub ixtiyoridagi uzaytirish opsiyalarini ham umumiy muddatga qo‘shib ko‘rsatadi.

Shu sababli Joau Pedroning yangi shartnomasi rasman tasdiqlanganda, futbolchi klub bilan 2034 yilgacha bog‘langani e’lon qilinishi kutilmoqda. Aslida esa shartnoma 2032 yilgacha amal qiladi va uni yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bo‘ladi.

Joau Pedro 2025 yil iyulidan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:48, 21.08.2026.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик