Kirish Ro'yxatdan o'tish

33 yoshli Perin faoliyatini B Seriyada davom ettirishi mumkin

33 yoshli Perin faoliyatini B Seriyada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» darvozaboni Mattia Perin faoliyatini «Palermo»da davom ettirishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, Sisiliya klubi 33 yoshli italiyalik posbonni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Peringa 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilingani haqida ham xabarlar bor.

Futbolchining agenti Alessandro Luchchi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ayni paytda Perinning kelajagi borasida vaziyat to‘liq hal qilinmagan: so‘nggi xabarlarga ko‘ra, «Yuventus» ham darvozabonni jamoada saqlab qolish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Perin 2018 yildan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib keladi. U 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida «Jenoa»da o‘tkazgan.

O‘tgan mavsumda italiyalik darvozabon «Yuventus» safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqladi.

«Palermo» esa Italiya B Seriya chempionatida ishtirok etadi. Jamoa o‘tgan mavsumni 4-o‘rinda yakunlagan, ammo pley-off orqali A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan.

Kiritildi: 18:18, 21.08.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик